ZEBO VA NOILA OBRAZLARINING QIYOSIY PSIXOLOGIK TALQINI (Karimberdi Toʻramurodovning "Gʻalati toʻy" hikoyasi misolida)

Authors
  • Eshdavlatova Nigora

    Termiz Davlat Pedagogika Inistituti Tillar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

    Author

Keywords:
Array
Abstract

Karimberdi Toʻramurodov zamonaviy oʻzbek nasrida inson ruhiyati, oilaviy munosabatlar va hayotiy tanlovlarni chuqur badiiy tasvirlay olgan ijodkorlardan biridir. Yozuvchi asarlarida inson qalbidagi ziddiyatlar, milliy qadriyatlar va jamiyatning shaxs taqdiriga ta‘siri psixologik jihatdan yoritiladi. Uning “Gʻalati toʻy” hikoyasi ham ana shunday asarlardan biri boʻlib, unda insonning ichki kechinmalari, oilaviy muhit va notoʻgʻri qarorlarning oqibatlari ta‘sirchan tarzda ifodalangan. Mazkur hikoyada Zebo va Noila obrazlari orqali ikki xil xarakter, ikki xil dunyoqarash hamda ikki xil hayotiy yoʻl tasvirlanadi. Yozuvchi bir obraz orqali qat‘iyat, sadoqat va mustaqillikni koʻrsatsa, ikkinchi obraz orqali ikkilanish, qoʻrquv va ruhiy zaiflikni ochib beradi. Shu jihatdan asar psixologik tahlil uchun muhim manba hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi “Gʻalati toʻy” hikoyasidagi Zebo va Noila obrazlarini qiyosiy psixologik jihatdan tahlil qilish, ularning ruhiy olami hamda hayotiy qarorlarini ochib berishdan iborat.

References

1.Karimov N. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999.

2.Qoʻshjonov M. Adabiyotda badiiy psixologizm masalalari. – Toshkent: Fan, 1978.

3.Toʻramurodov K. Gʻalati toʻy. – Toshkent: Sharq, 2005.

4.Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent, 2018. Umurov H. Badiiy ijod asoslari. – Toshkent: Sharq, 2007.

5.Mardonova Lobar Umaraliyevna. (2024). TARIXIY MANBALARDA AMIR TEMUR OBRAZINING BADIIY TALQINLARI. IMRAS, 7(6), 56–60.

6.Zafariddin Temirov, and Xujanova Nasiba. "The Triumph of Light Over Darkness." American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, vol. 33, 20 Feb. 2025, pp. 34-37.

Published
2026-06-15
Section
Articles
License
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.