PSIXOLOGIK-MOTIVATSION MATNLAR TARJIMASIDA KASKADLI NOSOZLIK: TUSHUNCHA, LISONIY MEZONLAR VA DIAGNOSTIKA
- Authors
-
-
Jumayeva Dilbar Kuvondikovna
Navoiy davlat universiteti, Tillar fakulteti, “Ingliz tili amaliy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi
Author
-
- Keywords:
- Array
- Abstract
-
Maqolada psixologik-motivatsion (self-help) matnlar tarjimasida uchraydigan tizimli yoʻqotishlar zanjirini tavsiflash uchun taklif etilgan “kaskadli nosozlik” tushunchasi asoslanadi. Tarjima sifatini baholashning anʼanaviy modellari har bir xatoni alohida hodisa sifatida qayd etadi, vaholanki motivatsion matnda bitta konseptual yoki metaforik birlikning buzilishi matnning pragmatik taʼsiriga zanjirsimon taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotning maqsadi tushunchaning ishchi taʼrifini, uni aniqlashning uch sathli lisoniy mezonlarini va diagnostika tartibini ishlab chiqish hamda ularni J.Klir, R.T.Kiyosaki va S.R.Kovi asarlarining oʻzbekcha tarjimalari materialida sinab koʻrishdan iborat. Kontent-tahlil, qiyosiy-chogʻishtirma va kognitiv-konseptual tahlil usullari qoʻllanildi; korpus 697 semantik blok, 134 asliyat–tarjima marker juftligi, 84 mualliflik termini, 45 konseptual metafora turi va 67 madaniy unsurni qamrab oladi. Har bir asar uchun kaskad profili tuzildi: J.Klir asari tarjimasida metaforik-konseptual, R.T.Kiyosaki asari tarjimasida pragmatik, S.R.Kovi asari tarjimasida pragmatik kaskadning madaniy koʻrinishi ustun ekani aniqlandi. Tahlil qilingan asarlar doirasida asarning diskursiv turi kaskad turini belgilashi, tarjima matni hajmining qisqarishi esa pragmatik kaskad darajasi bilan bogʻliq ekani koʻrsatildi.
- References
-
1.Kussmaul P. Training the Translator. – Amsterdam: John Benjamins, 1995. – 177 p.
2.Pym A. Exploring Translation Theories. 2nd ed. – London: Routledge, 2014. – 186 p.
3.House J. Translation Quality Assessment: Past and Present. – London: Routledge, 2015. – 160 p.
4.Nida E.A. Toward a Science of Translating. – Leiden: E.J. Brill, 1964. – 331 p.
5.Newmark P. A Textbook of Translation. – New York: Prentice Hall, 1988. – 292 p.
6.Vermeer H.J. Skopos and Commission in Translational Action // The Translation Studies Reader / L.Venuti (Ed.). – London: Routledge, 2000. – P. 221–232.
7.Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – London: Routledge, 1992. – 304 p.
8.Chesterman A. Memes of Translation: The Spread of Ideas in Translation Theory. – Amsterdam: John Benjamins, 1997. – 219 p.
9.Venuti L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. – London: Routledge, 1995. – 353 p.
10.Halverson S.L. ‘Default’ translation: A construct for cognitive translation and interpreting studies // Translation, Cognition & Behavior. – 2019. – Vol. 2, № 2. – P. 187–210.
11.Muñoz Martín R. On paradigms and cognitive translatology // Translation and Cognition / G.M.Shreve, E.Angelone (Eds.). – Amsterdam: John Benjamins, 2010. – P. 169–187.
12.Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 242 p.
13.Fauconnier G. Mental Spaces: Aspects of Meaning Construction in Natural Language. – Cambridge, MA: MIT Press, 1985. – 185 p.
14.Salomov Gʻ. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1983. – 231 b.
15.Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – 330 b.
16.Teshaboyeva Z. Tarjimashunoslikka kognitiv yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2019. – 184 b.
17.Teshaboyeva Z. Tarjima nazariyasi va amaliyotining kognitiv aspektlari. – Buxoro: Buxoro davlat universiteti, 2022. – 200 b.
18.Jumayeva D.K. Ingliz tilidagi psixologik-motivatsion asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilishda emotsional ohang va persuaziv usullarini yetkazish strategiyalari // Tamaddun nuri. – Toshkent, 2024. – № 4 (67). – B. 165–171.
19.Clear J. Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break Bad Ones. – New York: Avery, 2018. – 320 p.
20.Klir J. Atom odatlar / Tarj. S.Qosimova. – Toshkent: Nihol, 2021. – 295 b.
21.Kiyosaki R.T. Rich Dad Poor Dad: What the Rich Teach Their Kids About Money That the Poor and Middle Class Do Not! – Scottsdale: Plata Publishing, 2011. – 215 p.
22.Kiyosaki R. Boy ota, kambagʻal ota / Tarj. M.Mirfayziyev. – Toshkent: Donish Chirogʻi, 2019. – 205 b.
23.Covey S.R. The 7 Habits of Highly Effective People: Powerful Lessons in Personal Change. – New York: Free Press, 1989. – 381 p.
24.Kovi S.R. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi / Tarj. O.Gʻulomova. – Toshkent: Nihol, 2020. – 382 b.
25.Dobson I., Carreras B.A., Lynch V.E., Newman D.E. An initial model for complex dynamics in electric power system blackouts // Proceedings of the 34th Hawaii International Conference on System Sciences (HICSS-34). – IEEE, 2001. – P. 710–718.
- Downloads
- Published
- 2026-05-21
- Section
- Articles
- License
-

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
